Al-Xorazmiy maktabi - mening faxrim!
🎇🎇🎇
Al-Xorazmiy - maktabi mening faxrim!
Al-Xorazmiy - maktabi mening faxrim!
Bugungi kunda yurtimizda juda ham ko'p yangi ixtisoslashtiligan maktablar bunyod etilmoqda. Bunga misol qilib prezident ta'lim muasasalari agentligi qoshidagi yurtimizdagi 14 ta prezident maktablarini; Mirzo Ulug'bek, Ibn Sino va al-Xoramzmiy ixtisoslashtiilgan maktablari; Abdulla Qodiriy ijod makatbi va tumanlararo prezident maktablarini keltirish mumkin. Bugun men sizlarga yurtimizdagi yagon IT maktab haqida gapirib bermoqchiman, ha siz to'g'ri topdingiz bu o'sha Muhammad al-xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabidir!
Bu yerda darslar tongi soat 8:30 da boshlanadi. O'quvchilar har kuni ertalab darslar boshlanishidan oldin birgalikda O'zbekiston madhiyasini Vatanimizga hurmat ila kuylashadi. Soat 12:10 da o'quvchilarga tushlik beriladi va 30 daqiqalik hordiqdan so'ng ular o'z darslarini davom ettirishadi. Bu maktabda 900 dan ziyod iqtidorli yoshlarimiz ta'lim olishadi.
Bu maktabda biz fizika,matematika, informatika va ingliz tili fanlarini chuqurlashtirib o'rganamiz. Men kelajakda dasturchi bo'lmoqchiman va yurtimizda IT sohasini rivojlanishiga o'z hissamni qo'shmoqchiman.
Maktabimizda darslar juda ham qiziq olib boriladi. Bundan tashqari bizda summativ baholash tizimi yo'lga qo'yilgan. Xonalarimiz shinam jihozlangan va har bir xonalarda komyuterlar mavjud. Darsdan so'ng o'quvchilar uchun ixtisoslashtirilgan fanlardan qo'shimcha to'garaklar (fakultativlar) olib boriladi.
Комментарии
Отправить комментарий